Foto: Dunyo
8 avgust kuni O‘zbekiston elchixonasining konsullik bo‘limi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo shahar okrugidagi boshqarmasida bo‘lishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo‘limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O‘zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilganligi haqida video-material tarqatilgan edi.
Tashrif davomida politsiya bo‘limida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular o‘tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoshlar Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlari ma’lum bo‘ldi.
9 avgust kuni ushbu fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr