Foto: Reuters
Braziliyada samolyot halokatga uchrashi oqibatida uning bortida bo‘lgan 61 nafar fuqaroning barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda BBC nashri Lotin Amerikasi manbalariga asoslanib xabar berdi.
Manbada aytilishicha, halokat mamlakatning San Paulu shtatida sodir bo‘lgan. Ikki dvigatelli turbovintli samolyot janubiy Parana shtatidagi Kaskavel shahridan San Paulu shahridagi Guarulyos aeroportiga uchib ketayotganda Vinhedo shaharchasi osmonida halokatga uchragan.
Ijtimoiy tarmoqlarda halokatga uchragan samolyotning tasvirlari paydo bo‘la boshlagan. Tasvirlarda samolyotning vertikal tarzda yer tomon harakatlanayotgani, o‘zidan tutun chiqarayotganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ATR 72-500 rusumli samolyot bortida halokatdan oldin 57 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat vakillari halokatdan so‘ng ularning hech biri omon qolmaganini aytgan.
Braziliya prezidenti Lula da Silva qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. San Paulu shtati gubernatori Tarsisio Gomes de Freitas shtat hududida uch kunlik motam e’lon qilgan.
Braziliya fuqaro aviatsiyasi agentligi 2010 yilda ishlab chiqarilgan samolyot yaxshi ish holatida bo‘lgani, amalda ro‘yxatdan o‘tgani va parvozga yaroqlilik sertifikatlariga ega ekanini ma’lum qilgan. Rasmiylar hozircha halokat sababini aniqlay olishmagan.
San Pauludagi halokat hududida o‘t ochiruvchilar ish olib bormoqda. Tergovchilar yong‘in oqibatida jasadlarning ko‘pchiligi to‘liq yonib ketgani, ularning shaxsini tasdiqlashning imkoni bo‘lmasligi mumkinligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr