Foto: Staff Sgt.
AQSH harbiylari Suriyaning shimoliy va shimoli-sharqidagi kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakat aholisining huquqlarini buzishni bas qilishi hamda bosib olingan hududlarni zudlik bilan tark etishi kerak, deya Suriya TIV xabar berdi.
Suriya Qo‘shma Shtatlardan bu harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishni va Suriya hududini tark etishni, shuningdek, bunday separatist tuzilmalar kuchiga qarshi bo‘lgan suriyaliklarning irodasini hurmat qilishni talab qiladi, deyiladi bayonotda.
Suriya TIV kurd Suriya demokratik kuchlari (SDK) jangarilari Amerika aviatsiyasi niqobi ostida Suriya shimoli va shimoli-sharqidagi bir qator aholi punktlariga hujum qilgani, natijada tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lganini eslatgan.
SDK deb ataluvchi kuchlar AQSH kuchlari bilan birgalikda Dayr-az-Zor, Al-Hasaka va Qamishlidagi fuqarolarimizga, shuningdek, shimoliy va shimoli-sharqdagi qishloqlarga hujum uyushtirishi natijasida tinch aholi halok bo‘ldi, deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlik AQSH harbiylarining Suriyada mavjudligi noqonuniy ekanligini va bosqinchilik sifatida baholanishini, ayirmachi tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash esa “mintaqadagi o‘z maqsadlariga erishish uchun arzon urinishlar”dan boshqa narsa emasligini ta’kidlagan.
Avvalroq Suriyadagi manba Iroq bilan chegaradagi Dayr-az-Zor provinsiyasidagi bir qancha aholi punktlarida va Koniko dala hududidagi AQSH harbiy bazasi yaqinida arab qabilalari otryadlari va kurd SDK o‘rtasidagi janglar haqida ma’lum qilgan edi. Qabilalar bir qator strategik muhim aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishgan, ammo Amerika harbiylari ko‘magida, qo‘shimcha kuchlar kelishi bilan SDK ko‘p hududlarni nazorat qilishni tiklashga muvaffaq bo‘lgan. Keyinchalik qabila guruhlari va SDK o‘rtasidagi janglar yana takrorlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda