Foto: Reuters
Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn sentyabr oyida AQSHga safar qiladi. Uning tashrifi davomida Iroq hududidan ISHID terrorchilik guruhiga qarshi kiritilgan xalqaro koalitsiya qo‘shinlari olib chiqilishi boshlangani rasman e’lon qilinadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Tasnim xabar berdi.
«Iroq Tashqi ishlar vazirligi rahbari va AQSH davlat kotibi matbuot anjumani o‘tkazib, AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Iroqdagi missiyasi yakunlangani haqidagi bayonotni o‘qib berishadi», deyiladi agentlik xabarida.
Manbalarga ko‘ra, Iroq Kurdistoni bundan mustasno, xalqaro kuchlarni mamlakatdan olib chiqish 2025 yil sentyabr oyida boshlanadi. Harbiylar Iroq Kurdistonini, kutilganidek, qo‘shinlar olib chiqilishi boshlanganidan atigi bir yil o‘tib – 2026 yil sentyabrida tark etadi.
Iyul oyi oxirida The National nashri manbalarga tayanib, Qo‘shma Shtatlar koalitsiya tarkibida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarning bir qismini Iroqdan olib chiqib ketishga rozi bo‘lganini xabar qildi.
Biroq, yaqinda Iroq g‘arbidagi «Ayn al-Asad» aviabazasiga raketa hujumi uyushtirildi. Hujum Yaqin Sharqda yuzaga kelgan keskinlik fonida yuz berdi. Hodisaning koalitsiya kuchlari bilan bog‘liq vaziyatga qanday ta’sir qilishi noaniq. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)