13:10 / 12.08.2024
188

Kiyev: Kursk viloyatiga Ukrainaning «minglab» harbiylari jalb etilgan

Kiyev: Kursk viloyatiga Ukrainaning «minglab» harbiylari jalb etilgan
Foto: Viacheslav Ratynskyi / Scanpix
Kursk viloyatidagi harbiy amaliyotda «minglab» ukrainalik harbiylar ishtirok etmoqda. Bu haqda 11 avgust, yakshanba kuni Ukraina xavfsizlik sohasidagi ismi oshkor etilmagan yuqori martabali xodimga tayanib, AFP xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumning maqsadi - Rossiya kuchlarini «cho‘zish» va mamlakatni «beqarorlashtirish». Rasmiy qayd etishicha, Kursk viloyatidagi harbiy operatsiya ukrainalik harbiylarning «jangovar kayfiyatini ko‘targan».

«Biz hujumdamiz. Maqsad - dushman pozitsiyalarini kengaytirish, maksimal yo‘qotishlarga duchor etish va Rossiyada vaziyatni beqarorlashtirish, chunki u o‘z chegarasini himoya qila olmayapti», - dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan rasmiy. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Kursk viloyatidagi jangovar harakatlar paytida «xalqaro qonunlarga rioya qilyapti».

Shu bilan birga, AFP suhbatdoshi ta’kidlashicha, Ukrainaning Kursk viloyatidagi hujumi Ukraina sharqidagi Rossiya yurishini sekinlashtirmagan.

Rossiyaning uch viloyatida ATO rejimi joriy etildi

Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi (ATO) rejimi joriy etildi. Bu haqda 9 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Milliy aksilterror qo‘mitasi (MAQ) ma’lum qildi.

Ukraina Qurolli kuchlari 2024 yil 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Korenev va Sudja tumanlarida faol janglar ketmoqda. 11 avgust kuni mahalliy hokimiyat Belovskiy tumani hududiga Ukraina «diversiya-razvedka guruhlari»ning «kirib kelgani» haqida xabar berdi.

Ukraina tomoni ro‘y berayotgan voqealarni rasman tasdiqlamayapti yoki izoh bermayapti, biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy unga «urush tajovuzkor hududiga o‘tkazilgani haqida» ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev: Kursk viloyatiga Ukrainaning «minglab» harbiylari jalb etilgan