206
Zelenskiy: “Ukraina og‘ir sharoitlarga qaramay, urush tufayli hech qanday avlod yo‘qotmaydi”
Foto: Google Images
Urushning og‘ir sharoitlari Ukrainani butun bir avloddan mahrum qilolmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina yoshlar forumi chog‘ida aytdi.
“Davlatimiz nomidan va’da bera olaman — Ukraina og‘ir sharoitlariga qaramay, urush tufayli hech qanday avlod yo‘qotmaydi. Biz bu urushni Ukrainaga, davlatimizga va xalqimizga ma’qul tarzda tugatamiz. Ukrainalik yoshlarga xavfsiz hayotni qaytaramiz”, dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti hozirgi va kelajak avlodlar hamisha Ukrainada o‘z iste’dodini, iqtidorini ro‘yobga chiqarish, o‘zini zarur his qilish, oilasini boqish, farzandlarini tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, davlat ipoteka dasturida 25 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar uchun dastlabki to‘lovni 10 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan.
“Bu juda yaxshi ipoteka dasturi bo‘lib, harbiylar, shifokorlar, o‘qituvchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari uchun yiliga 3 foiz, boshqa toifalar uchun esa 7 foiz bo‘ladi”, dedi Ukraina prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Tadqiqot: Angliyadagi 6 milliondan ziyod obyekt suv ostida qolishi mumkin