Foto: Joby Aviation
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 2025 yilda tijorat maqsadidagi uchar taksi xizmati ishga tushirilishi mumkin. Bu haqda Joby Aviation korporatsiyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotga asoslanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, kelasi yil oxiriga borib Dubayda akkumulatorli havo taksilarining tijorat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan. Bu ma’lumotni Joby Aviation ijrochi direktori ham tasdiqlagan.
Elektr aviatsiyasi sohasining ushbu startapi yo‘lovchilar uchun qisqa masofalarga tur tashkil etishga imkon beradigan elektr qurilmalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Dastlab korporatsiya uchar taksi xizmatini 2025 yil boshidan yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Biroq AQSH Federal aviatsiya ma’muriyati va boshqa mamlakatlardagi tartibga solish organlari tomonidan sertifikatlash jarayoni hali yakuniga yetkazilmagan.
“Biz Dubayda tijoriy faoliyat boshlashni maqsad qilganmiz. Bu yil oxirida u yerdagi birinchi infratuzilmaning poydevorini qo‘yamiz, shuningdek, kelgusi yilning birinchi yarmida birinchi parvozlar va yilning ikkinchi yarmida to‘liq faoliyat boshlanishi xabar beriladi”, degan Joby Aviation bosh direktor Jo Ben.
Hozircha kompaniya uchar taksilar xizmatini faqat Dubayda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa, Amirlikning boshqa shaharlarida ham muqobil loyihalarga start berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi