Foto: Maja Hitij / Getty Images
Isroil Erondan yuzlab uchuvchisiz uchoqlar va raketalar uchirilgan joriy yilning aprel oyidagi hodisadan ko‘ra kattaroq hujumga tayyorlanmoqda. Bu haqda Isroilning KAN jamoat telekanali xabar berdi.
Isroil tomoni Eron siyosiy bosim tufayli o‘z niyatidan «chekindi» degan da’volarga qaramay, Tehron zarba berishga «qat’iy» ekanini baholadi.
Ayni paytda, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant Isroilga hujum qilingan taqdirda «misli ko‘rilmagan zarba» bilan javob qaytarishga va’da berdi.
«Eron va «Hizbulloh»dan bo‘lgan dushmanlar bizga ilgari ishlatilmagan usullar orqali zarar yetkazish bilan tahdid qilmoqda. Kimki bunday ishga qo‘l ursa, bizdan misli ko‘rilmagan zarbani kutishi kerak», — deydi idora boshlig‘i.
31 iyul kuni Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Tehronda suiqasd natijasida halok bo‘ldi.
Eron va Hamas Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi.
Eron Hamas yetakchisining o‘ldirilishiga javob qaytarishga va’da berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»