13:33 / 14.08.2024
346

Dubay shahzodasi Hamdanning hashamatli xaridlari: 40 ta shaxsiy samolyot, 2,7 mln dollarlik tuya

Dubay shahzodasi Hamdanning hashamatli xaridlari: 40 ta shaxsiy samolyot, 2,7 mln dollarlik tuya
Har birimiz hayotimizda kamida bir marta bo‘lsa ham millioner bo‘lishni orzu qilganmiz, ba’zilar esa hali ham orzu qiladi. Sayyoramizning eng boy odamlaridan biri Dubay shahzodasi Hamdan ibn Muhammad ibn Rashid Al Maktum milliardlab dollarlarini hashamatli narsalarga sarflaydiki, ko‘rib hayratda qolasiz.

Python

Gap, albatta, dasturlash tili haqida ketmayapti, lekin narxi jihatdan undan qolishmaydi.

Suvda yuradigan mashinalar haqida eshitganmisiz? WaterCar kompaniyasi suv yuzada ham bemalol yura oladigan avtomobillarni ishlab chiqaradi. Ular orasida shahzoda sotib olgan Python avtomobili ham bor. Uning tezligi suvda soatiga 45 mil, quruqlikda esa taxminan 80 milga yetadi. Mashina zamonaviy dizaynga ega va kundalik haydash uchun juda qulay. Fazzaga bu mashinalar shu qadar yoqadiki, uning kolleksiyasida bunday mashinadan 6 ta bor.

Palm Jumeirah Zabeel Saray

Dubaydagi bu eng qimmat va chiroyli mehmonxona Fazzaning hashamatni yaxshi ko‘rishiga yana bir misoldir.

Bu haqli ravishda qirollikdagi eng go‘zal me’moriy binolardan biridir. Bu mehmonxona 2019 yil mart oyida foydalanishga topshirilgan va undagi har bir xonani san’at asari deyish mumkin. Xonalar turk arxitekturasi uslubida, eng qimmat materiallardan: marmar, qora yog‘och va keramikadan foydalangan holda yaratilgan. Bu yerdagilar o‘zlarini qasrda yurgandek his qiladi va ajoyib manzara — cheksiz dengizdan bahramand bo‘lishadi. Bu joyni sotib olish va mehmonxona qurish shahzodaga 12 milliard dollarga tushgan.

Boeing 787-10 Dreamliner samolyotlari

Yaxtalar va mashinalar — boyligini ko‘rsatishning oddiy usuli xolos. 40 ta shaxsiy samolyotga ega bo‘lish har bir boy odamning haqiqiy maqsadidir.

Ha, Fazzaning 40 ta samolyoti bor, lekin ular har kuni yangi samolyotda uchish uchun emas. Bu faqat yarimorolda aviatsiyani rivojlantirishga qilingan sarmoyadir. Ushbu model eng mashhurlaridan biri bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 440 ga yaqin yo‘lovchini sig‘dira oladi va 7500 mil masofani bosib o‘tadi. Bitta Boeing 787-10 Dreamliner 306 million dollar turadi. 40 tasiga esa juda katta summaga — 12 milliard 240 ming dollar sarflangan.

Tuya

Ro‘yxatimizdagi narxi bo‘yicha mashinalardan qolishmaydigan darajada qimmatbaho jonivor.

Go‘zallik tanlovlari nafaqat odamlar, balki tuyalar o‘rtasida ham o‘tkaziladi. Bunday tanlovda 17 ming tuya orasidan sog‘lig‘i, go‘zalligi, chidamliligi, zoti, zodagonligiga qarab har tomonlama eng yaxshisi tanlanadi. Bosh sovrin — 600 ming dollar. Agar hakamlar tuyaning go‘zalligi ustida ishlanganini, ya’ni botoks qilinganini payqasa, ishtirokchi chetlatiladi. Shunday qilib tanlov natijalariga ko‘ra, eng kelishgan erkak tuya aniqlanadi. Bu tuya Dubay shahzodasiga shu qadar yoqadiki, uni 2,7 million dollarga sotib oladi.

Otlar

Narxi bilan hayratga soladigan yana bir jonivor.

Hamdan ibn Muhammad ibn Rashid Al Maktum sport poygalarini juda yaxshi ko‘radi va har yili musobaqalarda qatnashadi. U eng qimmat otni 3 million dollarga sotib olgan. Bu otga mashhur nasl-nasab tufayli shunday narx belgilangan, ot nafaqat sog‘lom va poyga uchun mos, balki tashqi ko‘rinishi ham nihoyatda go‘zal, tumshug‘ining silliq chiziqlari va chuqur ko‘zlari bilan ham ajralib turadi. Shahzoda Fazza 2014 yilda ham har biri 1 million 800 ming dollarlik ikkita ot sotib olgan. Umumiy hisobda uchta ot 6,5 ​​million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan.

Ripsaw tanklar parki

Ehtimol, bu tank hammaning gusenitsali transport vositasi haqidagi tushunchasini o‘zgartirar.

Bu yerusti transport vositasi hamma joyga, hatto ilgari hech kim borolmagan joylarga ham boradi. Bitta tank 800 ot kuchiga ega, uning ko‘rinishi haqiqatan ham dahshatli. Ripsaw kompaniyasi o‘z ixtirosi bilan shu qadar shov-shuvga sabab bo‘ldiki, ular hatto “Forsaj” filmida ham ishlatilgan, AQSH armiyasida foydalanish uchun sotilgan va xususiy kompaniyalar uchun fuqarolik versiyalari ishlab chiqarilgan. Konfiguratsiyaga qarab, bitta tank 500 ming dollarga tushadi. Parkning qiymati esa o‘nlab milliardlarga yetishi mumkin.

Lamborghini Veneno Roadster

Sport avtomobillari ishqibozlarining orzusi, avtomobil tarixidagi afsona va bugungi kunda kam uchraydigan model.

Lamborghini Veneno Roadster — kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan eng nodir avtomobillardan biridir. 2014 yilda atigi 9 tasi ishlab chiqarilgan, shahzoda Fazza esa 6 tasiga egalik qiladi. Bu mashina soatiga 221 mil tezlikka erishadi, V12 dvigateli bilan jihozlangan, 750 ot kuchiga ega. Kompaniyaning o‘zi ushbu modelni aeronavtikadan ilhomlangan ultrazamonaviy dizayn deb atagan. Bittasining narxi 4,5 million dollardan oshadi, 6 tasi 27 million dollarga tushadi.

Bugatti Veyron Grand Sport Vitesse

Sport avtomobillari tarixidagi yulduz va tezlik standarti.

Bu mashina butun dunyodagi eng tezkor avtomobil sifatida tanilgan: uglerod tolali kuzov panellari, soddalashtirilgan charm interer, kuchli turbinalar va 1200 ot kuchi. Soatiga 250 mil tezlik va sport avtomobilini to‘laqonli kabrioletga aylantirish imkoniyati. Bularning barchasi shahzodaga 2 million dollardan ko‘proqqa tushgan.

Fairmont Pacific Rim

Xususiy mulklar ichida eng qimmat xaridlardan biri.

Mehmonxona eng yaxshi xizmatlarni, eng qulay xona jihozlarini va boshqa ko‘p narsalarni taklif etadi, masalan, TASCHEN kutubxonasi. Shahzoda Hamdan bu yerdan 3 ta penthaus sotib olgan.

LaFerrari

Har qanday avtomobil ishqibozlari havas qiladigan yana bir eksklyuziv avtomobil.

Ushbu avtomobilni ishlab chiqarish cheklangan, chunki ularning umumiy soni 500 dan oshmaydi. Bu eng katta Ferrari avtomobillaridan biri bo‘lib, uzunligi 15 futga teng. Bu qizil avtomobil 963 ot kuchiga ega, soatiga 217 mil tezlikka erishadi. Ushbu noyob mashinalardan ikkitasi auksionda 7 million va 10 million dollarga sotilgan. Ammo ularning aytishicha, shahzoda sportkarni standart narx — 1,4 million dollarga sotib olgan.

McLaren P1

Afsonaga aylangan yana bir mashina, chunki u kuch so‘zining haqiqiy sinonimidir.

32 soniyada 37 mil, to‘liq tezlikda esa 217 mil/soat tezlikka erishadigan super avtomobil. Birinchi McLaren P1 Dubayda anonim qolishni istagan xaridorga sotiladi. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, uni shahzoda haydab yurganini ko‘rishgan. Avtomobilga 1 million 300 ming dollar sarflangan.

Shotlandiyadagi ko‘chmas mulk

Ko‘l bo‘yida joylashgan 14 xonali orzudagi uy.

Shotlandiyadagi mulk — shahzoda va uning oilasi juda yaxshi ko‘radigan dam olish va ov qilish uchun ajoyib joy. Uyning o‘zi hali qurilmagan, ammo u uchun umumiy maydoni 100 milga teng yer sotib olingan. Bu ikki qavatga cho‘zilgan, qulaylik uchun barcha sharoitlar va o‘yin-kulgi uchun 14 xonaga ega to‘laqonli uyga aylanadigan katta maydon hisoblanadi. Bu joy shahzodaga mahalliy narxda juda arzonga tushgan, atigi 3 yarim million dollarga xarid qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo