Putinga «yaqin» milliarder Shveytsariya banklaridan yuz millionlab dollar olib chiqib ketishga uringan

Dunyo1 daqiqa o'qish269
Putinga «yaqin» milliarder Shveytsariya banklaridan yuz millionlab dollar olib chiqib ketishga uringan
Foto: «Moskva» agentligi
Vladimir Putin bilan «qalin aloqalarga» ega milliarder German Xan Rossiyaning Ukrainaga to‘laqonli bosqini avvalida Yevropa sanksiyalariga uchramaslik uchun Shveytsariya banklaridan 280 million dollar mablag‘ni olib chiqib ketgan. Bu haqda Federal ma’muriy sud qaroriga tayanib, Tages-Anzeiger ma’lum qildi.

Sud qarori jarayon ishtirokchilarining ism-shariflari ko‘rsatilmagan holda e’lon qilinganiga qaramay, hujjatdagi ma’lumotlar asosida ularning shaxsi aniqlangan. Xususan, gap rossiyalik milliarder German Xan haqida ketayotganini ham aniqlashga muvaffaq bo‘lingan.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanishidan oldin Xanning Shveytsariyadagi hisob raqamidan rafiqasining hisobiga 90 million dollar o‘tkazilgan. Bir necha kundan keyin — 1 martda milliarder boshqa bir Shveytsariya bankiga rafiqasining hisob raqamiga yana 110 million dollar o‘tkazishni buyurgan va operatsiya 2 mart kuni muvaffaqiyatli yakunlangan. Shu kuni rossiyalik tadbirkor yana 60 million dollarni qizining hisob raqamiga o‘tkazgan. Tranzaksiyalarning barchasi sovg‘a sifatida rasmiylashtirilgan. 8 mart kuni Xan qiziga 20 million dollar «sovg‘a» qilmoqchi bo‘lgan, ammo bank cheklovlari sabab bu amalga oshmay qolgan. Keyinroq u qizining turmush o‘rtog‘iga 20 million dollar «sovg‘a» qilgan.

Shuncha sa’y-harakatlar baribir o‘z samarasini bermagan: Shveytsariya banklari ko‘p o‘tmay milliarderning rafiqasi va qiziga tegishli hisob raqamlarni bloklab qo‘ydi, 2022 yil aprel boshlarida esa kuyovga «sovg‘a» qilingan 20 million dollar ham bloklangan. Keyinroq Xanning qizi bir necha bor Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyatidan 20 million dollarni qaytarishni so‘rab chiqdi, ammo so‘rovlarning barchasi rad etildi.

2023 yilda Yevropa umumiy yurisdiksiya sudi German Xonning Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga qarshi shikoyatini rad etgandi. Xan Rossiyaning eng yirik X5 Group va Alfa Bank'ni nazorat qiluvchi Alfa Group konsorsiumidagi roli tufayli cheklovlarga duch kelgan.

Yevropa Ittifoqi o‘z qarorini Xan Vladimir Putin bilan «qalin aloqada» ekani va unga hozir ham «katta xizmatlar» ko‘rsatishni davom etayotgani bilan asoslagan. Shuningdek, YEI Xanni Qrimni anneksiya qilish va «Ukrainani beqarorlashtirish»ga mas’ul bo‘lgan Rossiya hukumatiga «muhim daromad manbai» bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlarida ishtirok etgan yetakchi rus tadbirkorlaridan biri deb biladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?