Foto: AP Photo
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 15 avgust kuni o‘zining moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchi turli mashhurlar unga yo‘llagan “Trampga maktublar” to‘plamini sotishdan 4,5 million dollar ishlab topgan. Shuningdek, u brend Bibliya kitoblarni sotishdan yana 300 ming dollar foyda qilgan.
Bu Qirol Jeyms Bibliyasining ingliz tilidagi klassik tarjimasi bo‘lib, unga bir qator qo‘shimchalar kiritilgan, Xususan, Bibliyaning rasmiy veb-saytida kitob ikki nusxada: oddiysi 50 dollarga va Donald Trampning imzosi qo‘yilgan nusxasi 1000 dollarga sotiladi. Izohda aytilishicha, Bibliyaning ushbu nashri Tramp tomonidan “shaxsan ma’qullangan”.
Hisobotida, shuningdek, sobiq prezident qiymati 1 million dollardan ortiq kriptovalyutaga egaligi aytilgan. Siyosatchining 50 million dollardan ortiq moliyaviy majburiyatlari haqida ham ma’lumot e’lon qilingan.
Bu summa fuqarolik firibgarlik ishida uning qarzini qoplash uchun mo‘ljallangan, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mark Tsukerberg Donald Tramp bilan Floridadagi villasida uchrashdi
Soʻrov natijalari: Grenlandiya aholisi AQShga qoʻshilishni yoqlaydimi?
Daniya hukumati Trampga Grenlandiya yuzasidan qanday taklif yoʻlladi?
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Air Astana aviakompaniyasi sudda 12 yoshli yoʻlovchiga yutqazdi
Germaniyada 2024 yilning eng zararli soʻzi aniqlandi
Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma'lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash oʻrniga sun'iy intellektdan foydalanishni afzal koʻrmoqda