Foto: Britannica
63 yoshli amerikalik aktyor va kinorejissyor Jorj Kluni o‘zi bilan shaxsiy uchrashuvni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda People Talk xabar bermoqda. Katta pul evaziga yulduz bilan kechki ovqatga borish va qiziqtirgan savollarni berish mumkin.
Auksionga qo‘yilgan lot narxi 10 000 dollardan boshlangan edi. Hozirda uning miqdori uch barobarga oshgan, deb yozadi Daily Mail. Uchrashuv 24 sentyabr kuni Nyu Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
“Sizlarni janob Kluni bilan kechki ovqatga taklif etamiz. Yulduz bilan esdalik uchun suratga tushish, uchrashuvdan zavq olish hamda mashhurga o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin”, deyiladi auksion saytida.
Kimoshdi savdosi 20 avgustga qadar davom etadi, hozirda lotning narxi allaqachon 31 ming dollargacha ko‘tarilgan. Yig‘ilgan mablag‘ “Adolat uchun Kluni fondi” nomli inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan jamg‘arma tashkilotiga yo‘naltiriladi.
Gollivud aktyori ko‘plab filmlarda suratga tushgan, ulardan aynan “Mukammal bo‘ron”, “Tundan tonggacha” va “Oushenning 11 do‘sti” kabi filmlar katta mashhurlik keltirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)