Foto: AP/TASS
Rossiya armiyasi hujumlarining aksariyati Donetsk viloyatida sodir bo‘lmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z murojaatida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 24 soat ichida u Oliy bosh qo‘mondon Oleksandr Sirskiyning bir nechta hisobotlarini eshitgan.
«Birlamchi e’tibor doimo front yo‘nalishlariga qaratiladi. Birinchi navbatda, Donetsk viloyatiga. Rossiya hujumlarining aksariyati o‘sha yerda sodir bo‘lmoqda… Biz askarlarimizni zarur qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, qo‘shimcha kuchlarni yuborish uchun hamma narsani qilamiz», dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy Rossiya pozitsiyalarini zaiflashtirishga halal beradigan to‘siqlarni olib tashlashi muhimligini ta’kidladi. U g‘arb hamkorlariga murojaat qilib, uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarni yetkazishni so‘radi.
«Uzoq masofalarga zarba berish qobiliyatimiz - bu urushning eng muhim, eng strategik masalalariga javob bo‘lar edi. Sheriklarimiz tomonidan ta’minotning susayishini jangovar brigadalarimiz jasorati bilan qoplayapmiz. Agar uzoq masofalarga zarba berish qobiliyatimiz yetarli bo‘lsa, bosqinchini oldinga siljish, vayronalar qoldirish imkoniyatidan mahrum qilar edik», dedi Zelenskiy. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)