Foto: Reuters
Eron hozircha Tehronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniya o‘ldirilishiga javoban Isroil bo‘ylab zarba yo‘llamaydi, deb yozmoqda The New York Times shaxsi sir saqlangan amerikalik mulozimlarga tayanib.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron vositachilarga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun vaqt qoldirish maqsadida zarba berishni ortga surmoqda.
Isroil razvedkasi aniqlashicha, Eron va uning Livandagi ittifoqchisi «Hizbulloh» o‘z raketa qo‘shinlari tayyorgarlik darajasini pasaytirgan. NYT suhbatdoshlari esa vaziyatga baholar tez-tez o‘zgarib turganini qayd etishgan.
G‘azo bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi 16 va 17 avgust kunlari Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tdi. Unda Qatar, AQSH, Isroil va Misrdan vakillar ishtirok etdi. NYT nashri yozishicha, Qatar bosh vaziri Muhammad As-Soniy muzokaralarning birinchi kuni yakunida Eronga qo‘ng‘iroq qilib, vaziyatni keskinlashtirishdan tiyilishni so‘ragan. Nashr tomonlar aynan nimaga kelishganiga aniqlik kiritmagan.
Ismoil Haniya 31 iyulga o‘tar kechasi Tehronda o‘ldirilgandi. Isroil bu hodisa uchun rasman javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Eron oliy rahnamosi, oyatulloh Ali Xominaiy bu hodisadan bir necha soat o‘tib Haniyaning o‘limiga javoban Isroil bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berishga buyruq bergani xabar qilingan (bu borada rasmiy ma’lumot berilmagan). Avgust oyi boshida Isroildagilar Eron Vengriya orqali hujumga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan ogohlantirilgan.
Isroil Eron tahdididan keyin qo‘shinlarini yuqori shaylik holatiga keltirgan, shuningdek, xorijdagi barcha harbiylarga vatanga qaytish buyurilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina armiyasi tanklar boʻyicha ilk bor Rossiyaga qarshi ustunlikka erishdi
Turkiyada «Alisher Navoiy kulliyoti» nomli koʻrgazma ochildi
Sun'iy idrok koʻkrak bezi saratonini an'anaviy skriningdan yaxshiroq aniqladi
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)