Foto: Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq vulqonshunoslik va seysmologiya instituti
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida uyg‘ongan Shiveluch vulqonining kuli dengiz sathidan 8 kilometr balandlikka qadar ko‘tarildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq vulqonshunoslik va seysmologiya instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, vulqondan otilgan kullar janubi-sharqiy yo‘nalishda 492 kilometrga cho‘zilgan, aviaxavfning «qizil kod» darajasi e’lon qilingan (bu vulqondan atmosferaga ko‘p miqdorda kul chiqayotganini bildiradi). «Vulqon faolligi mahalliy va xalqaro aviatashuvlar uchun xavf tug‘diradi», — deyiladi institut xabarida.
Shiveluch — Kamchatkadagi eng shimoliy faol vulqon bo‘lib, Ust-Kamchatskiy tumanidagi Klyuchi qishlog‘idan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi yashaydi. Tuman rahbari Oleg Bondarenkoning ma’lum qilishicha, Ust-Kamchatskiyda «1 millimetr qalinlikda kul tushishi kuzatilgan» va u aholiga ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya qildi.
Vulqon Kamchatkada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘lganidan keyin harakatga kelgan. Yer osti silkinishining epitsentri Petropavlovsk-Kamchatkadan 108 kilometr janubi-sharqda, Tinch okeani hududida joylashgan. «Shaharning o‘zida 6 balli yer osti silkinishlari kuzatildi», — deydi gubernator Vladimir Solodov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)