Foto: Bloomberg
Isroilda vazirlar va ularning xodimlariga davlat telefonlariga xorijiy davlatlar tomonidan boshqariladigan ilovalarni o‘rnatish taqiqlanadi.
Taqiq, xususan, TikTok ijtimoiy tarmog‘iga tegishli. Tegishli qonun loyihasi knesset a’zosi Orit Farkash-Xakoen tomonidan kiritilgan.
Qonun loyihasi ham koalitsiya, ham muxolifat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlangan. Deputatning ta’kidlashicha, shunga o‘xshash taqiq allaqachon AQSH, Avstraliya, Kanada, Hindiston va Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlarida qabul qilingan. Farkas-Xakoenning tushuntirishicha, taqiq hukumat telefonlaridan ma’lumotlarni o‘g‘irlash xavfining oldini olishga qaratilgan. U ma’lumot olish mumkin bo‘lgan davlatlar qatorida Xitoy, Rossiya va Eronni tilga olgan.
Qonun loyihasi Milliy xavfsizlik kengashi, TikTok va Maxfiylik idorasi vakillarini o‘z ichiga olgan qo‘mita yig‘ilishida muhokama qilinganidan keyin taqdim etilgan.
Hozirda 20 ga yaqin isroillik vazirlar, jumladan, harbiy-siyosiy vazirlar mahkamasi a’zolari TikTok'da profilga ega. Ijtimoiy tarmoqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning sahifasi ham mavjud. Isroillik TikTok foydalanuvchilarining umumiy soni taxminan 3,8 millionni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)