09:25 / 19.08.2024
93

G‘azoda ko‘plab isroillik askarlar o‘ldirildi va yaralandi

G‘azoda ko‘plab isroillik askarlar o‘ldirildi va yaralandi
Foto: Anadolu Agency
Hamasning harbiy qanoti «Izzaddin al-Qassam brigadalari» G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunus shahriga quruqlikdan hujum uyushtirgan isroillik askarlarni o‘ldirgani va yaralaganini ma’lum qildi.

«Izzaddin al-Qassam brigadalari» bayonotida aytilishicha, Xon-Yunusning Hamad hududida isroillik askarlar turli xil portlovchi qurilmalar bilan portlatilgan, ular halok bo‘lgan va yaralangan.

Bayonotga ko‘ra, Isroil askarlari Hamadning Al-Havuz hududi g‘arbida o‘qqa tutilgan.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo shahridagi Tel al-Heva hududida 10 nafar isroillik askardan iborat guruh piyodalarga qarshi raketa bilan nishonga olingan.

16 avgust kuni kuni Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichay Adrai o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi xaritani e’lon qildi va Dayr al-Baloh shahri sharqidagi hududlarni hamda Xon-Yunusdagi Al-Qarara, Al-Mavasi, Jala, Hamad, Nasr mavzelarini evakuatsiya qilishni talab etdi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Adrai taqdim etgan xaritada Isroil «xavfsiz hudud» deb e’lon qilgan va 1 milliondan ortiq ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Mavasi qismlari ham bor.

16 avgust kuni Isroil harbiy samolyotlari tinch aholi punktlari joylashgan Hamad hududidagi bir qancha uylarni vayron qilgan.

Qatar davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy nomini olgan, 2500 xonadonga ega Hamad mavzesi 2012 yilda G‘azoni qayta qurish dasturi doirasida Dohadan 407 million dollarlik xayriya hisobidan barpo etilgan.

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 40 ming 99 falastinlik, jumladan, 16,314 nafar bola va 10 980 nafar ayol halok bo‘ldi, 92 609 nafari yaralandi.

Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari vayronalar ostida qolmoqda, fuqarolik infratuzilmasi ham yo‘q qilinyapti: odamlar boshpana topadigan kasalxonalar va ta’lim muassasalariga hujumlar uyushtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda ko‘plab isroillik askarlar o‘ldirildi va yaralandi