Foto: Reuters
HAMAS harakati G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha olib borilgan bilvosita muzokaralarning so‘nggi bosqichidagi takliflarni rad etdi. Bu haqda harakat bayonotiga asoslanib, DPA agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, HAMAS yahudiy davlati ilgari surgan yangi talablarni qabul qilishdan bosh tortgan.
“Vositachilardan Dohadagi muzokaralarning so‘nggi bosqichida nimalar muhokama qilinganini bilib olgach, Netanyaxu kelishuvga to‘siq bo‘lishda davom etayotganiga yana bir bor amin bo‘ldik”, deydi Falastin harakati vakillari.
Ular Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “vositachilarning sa’y-harakatlarini barbod qilish va urushni cho‘zish uchun yangi shart-sharoitlar va talablarni o‘rtaga tashlayvergani”ni qayd etdi.
HAMASni Isroilning G‘azo sektorining bir nechta nuqtalarida, jumladan, Misr bilan chegarada joylashgan Filadelfiya yo‘lagida harbiy ishtirokini saqlab qolish niyati qondirmadi.
G‘azo bo‘yicha barchaga ma’lum taklif uch bosqichli jarayonni nazarda tutadi, uning davomida HAMAS 7-okytabr kuni Isroildan o‘g‘irlab ketilgan barcha garovga olinganlarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil o‘z kuchlarini G‘azo sektoridan olib chiqishi va falastinlik mahbuslarni ozod qilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kaliforniyadagi yongʻin qurbonlari soni 24 nafarga etdi (foto)
Slovakiya bosh vaziri Ukraina prezidentini “tilanchi” deb atadi
Urushni yakunlash uchun nimalar qilish kerak? Trampning boʻlajak maslahatchisi shartlarni aytdi
Tbilisida namoyishchilar sudyalarga tuxum uloqtirishdi (video)
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)