12:41 / 19.08.2024
100

Zelenskiy Ukraina armiyasining Kurskdagi vazifasini ma’lum qildi

Zelenskiy Ukraina armiyasining Kurskdagi vazifasini ma’lum qildi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy armiyaning Kursk viloyatidagi maqsadi “bufer zona yaratish” ekanini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Toretsk yaqinida Rossiya harbiy texnikasini yo‘q qilishda biz uchun muhim va ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Bularning barchasi Ukrainani himoya qilishdan ham ko‘proq ahamiyatga ega — hozirda mudofaa harakatlarimizning asosiy vazifasi Rossiyaning jang salohiyatini iloji boricha ko‘proq yo‘q qilish va maksimal darajada qarshi hujumlar uyushtirishdir. Xususan, bu bosqinchi davlat hududida bufer zonasini yaratishni ham o‘z ichiga oladi. Kursk viloyatidagi operatsiyamiz ham shu maqsadga qaratilgan”, dedi Zelenskiy.

Shuningdek, u bosh qo‘mondon Aleksandr Sirskiyning sharqdagi vaziyat, Kursk viloyatidagi harakatlar, asirlarni ayirboshlash fondi va brigadalarni to‘ldirish masalalari bo‘yicha hisobotini tinglaganini aytdi.

Hamkorlarimizdan qurol yetkazib berish masalasida tezkorlik talab etilmoqda. Urushda ta’til yo‘q. Qarorlar kerak, e’lon qilingan paketlarning o‘z vaqtidagi logistikasi zarur. Ayniqsa, hozir men bu borada Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya va Fransiyaga murojaat qilmoqdaman”, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Ukraina armiyasining Kurskdagi vazifasini ma’lum qildi