Foto: Anadolu Agency
Deyarli 450 ming falastinlik G‘azo sektorining avvalroq Isroil harbiylari «xavfsiz zona» deb e’lon qilingan hududlarini tark etishga majbur. Bu haqda Fuqarolik mudofaasi boshqarmasining G‘azo sektoridagi vakili Mahmud Basal ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Isroil Xon-Yunus shahrining sharqiy va markaziy qismlari aholisini, shuningdek, Dayr al-Baloh shahri, Al-Mag‘ozi va Az-Zuvayda tumanlarida boshpana topgan falastinliklarni evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda.
«Bu gumanitar vaziyatni yanada yomonlashtiradi», - deya ogohlantirdi u.
Mahmud Basal «zo‘ravonlik va ocharchilik bilan qo‘rqitish» orqali majburan ko‘chirish xalqaro huquqqa zid ekanligini eslatdi.
Uning ta’kidlashicha, isroillik harbiylar Xon-Yunus va markaziy G‘azo mintaqasidagi qochqinlar lagerlarida yashovchi falastinliklarni bir necha bor ko‘chirdi.
Basal BMT va Xalqaro sudni «Isroilga G‘azo sektoridagi falastinliklarni ko‘chirish siyosatini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga» chaqirdi.
Bir kun avval Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichay Adrai Megazi tumani bir necha qismlarini, shuningdek, G‘azo sektorining markaziy qismidagi Faruk va Amal hududlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi.
G‘azo sektori aholisining 90 foizi Isroil armiyasining hujumlari tufayli uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ko‘plab falastinliklar vaqtinchalik chodirlarda yashashga majbur. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda