20:52 / 19.08.2024
25

Selena Gomes, Ledi Gaga, Adel va to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan boshqa mashhurlar

Selena Gomes, Ledi Gaga, Adel va to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan boshqa mashhurlar
To‘ylar mavsumi ham o‘z nihoyasiga yetmoqda, Gollivudda esa kelinlar soni ortib bormoqda. Quyida o‘zining to‘y marosimiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan yulduzli juftliklarni ko‘rib chiqamiz.

Ledi Gaga va Maykl Polanski

Foto: People
Xonanda Ledi Gaganing nomsiz barmog‘idagi uzuk birinchi marta aprel oyida paparassiga tushib qolgan edi. Ushbu suratlarga xonanda izoh berishdan bosh tortdi, biroq oradan bir necha oy o‘tgach, u o‘zining turmushga chiqayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi: Ledi Gaga Fransiya bosh vaziri Maykl Polanski bilan unashtirilganini e’lon qildi.

Foto: Europa Plus

Foto: Billboard
Insayderlar fikriga ko‘ra, juftlik allaqachon to‘yga bog‘liq barcha rejalarni tuzib chiqqan va hozirda to‘y marosimini Yevropada o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Adel va Rich Pol

Foto: Europa Plus
Uzoq muddat davomida munosabatlarini ommadan yashirib kelgan yana bir juftlik — Adel va Rich Pol ham unashtirilganligini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, sport agenti o‘tgan yili xonandaning qo‘lini so‘ragan.

Foto: Europa Plus
Yaqinda Germaniyada bo‘lib Adelnig navbatdagi konsert dasturida muxlislardan biri unga turmushga chiqishini so‘radi. Adel bunga javoban:

Men bunday qila olmayman, chunki allaqachon turmushga chiqyapman”, deya tan oldi va sakson ming kishi to‘plangan stadionda o‘zining unashtiruv uzugini namoyish qildi — “Taklifingizni qadrlayman va sizga katta rahmat aytaman”, dedi xonanda.

Holzi va Evan Jogia

Foto: People
Asl ismi Eshli Nikolett bo‘lgan xonanda Holzi ham shaxsiy hayoti haqida muxlislari bilan kam bo‘lishadi. Yulduz hatto qallig‘i Evan Jogia bilan birga tushgan rasmlari internetda tarqalsa ham jurnalistlarga bu haqda izoh berishni istamaydi.

Foto: Europa plus
Yaqinda juftlik ijtimoiy tadbirga tashrif buyurganda xonandaning barmog‘idagi zumrad uzuk ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Mish-mishlarga qaraganda, Holzi Va Evan yaqin orada turmush qurish istagida.

Zoi Kravis va Chenning Tatum

Foto: People
Amerikalik aktrisa va xonanda Zoi Kravis aktyor Chenning Tatum bilan unashtirilganiga bir yildan oshdi. Juftlik uch yil avval tasodifan tanishib qolgan edi. Hozircha ular rasman turmush qurish masalasini bir oz kechroqqa qoldirgan. Ammo ba’zi insayderlar Zoi va Chenning yashirincha turmush qurishgan, deya taxmin qilmoqda.

Foto: Europa Plus
Dakota Jonson va Kris Martin

Foto: Super.ru
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kris Martin aktrisa Dakota Jonsonga 2023 yil oktyabr oyida turmush qurishni taklif qilgan, biroq mashhurlar muxlislarga ushbu quvonchli xabarni aytishga hali tayyor emas.

Foto: Super.ru
Selena Gomes va Benni Blanko

Foto: HELLO!
O‘tgan yilning oxirida Selena o‘zining hamkasbi, musiqiy prodyuser Benni Blanko bilan uchrashayotganini ma’lum qilgan edi. Xonanda qallig‘i bilan tushgan suratlarini Instagram’da tez-tez joylashtirib turadi. Insayderlarning ta’kidlashicha, san’atkorlar munosabatlarini qonuniylashtirishga tayyor va hatto farzand ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Foto: InStyle
Emma Roberts va Kodi Jon

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus
Selena Gomesdan farqli o‘laroq Emma Roberts o‘zining turmush qurayotganini yashirib o‘tirmadi. Kodi Jon uning qo‘lini so‘ragan kunning o‘zidayoq bu xushxabarni barchaga e’lon qildi. Aktrisa joylashtirgan surat ostida qiziqarli izoh qoldirdi:

Onam barchaga to‘yim bo‘layotgani haqida e’lon qilmasidan o‘zim aytib qo‘ya qolay!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Selena Gomes, Ledi Gaga, Adel va to‘yga tayyorgarlik ko‘rayotgan boshqa mashhurlar