22:18 / 19.08.2024
56

Laziz Qudratov: “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi”

Laziz Qudratov: “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi”
Laziz Qudratov
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yil 17 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston–Afg‘oniston biznes-forumi tashkil etildi. Forumda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov nutq so‘zlab, ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi yaqin istiqbolda 3 milliard dollarga yetkazilishini ma’lum qildi.

Bu borada joriy yil 1 oktyabrdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasida imtiyozli savdo kelishuv bitimi ishga tushadi. Bitim doirasida kelishilgan qator mahsulotlarga, shu jumladan, Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, gilamlarga, ayrim qurilish materiallariga import bojlari bekor qilinadi. Bu eksportyorlar uchun qulaylik yaratadi”, dedi vazir “RTA Uzbek” teleradiosi sahifasiga joylangan videoda.

Laziz Qudratovning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi Ayritom–Hayraton chegara postida bojxona tizimi 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazildi.

Bundan buyon mamlakatlar o‘rtasidagi avtomobillar qatnovi tun–u kun amalga oshiriladi. Bu ikki davlat tadbirkorlari ish faoliyatida qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. O‘zaro savdo hajmlarini yanada rivojlantiradi. Birodar afg‘on xalqiga qulaylik yaratish maqsadida yaqin kunlarda O‘zbekiston janubida “Xalqaro Termiz savdo markazi” faoliyati to‘liq ishga turiladi. Markazga tashrif buyuruvchilar uchun 15 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi. Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi”, deya ma’lum qildi vazirlik rahbari.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Laziz Qudratov ikki davlat hukumatlari investorlarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha kelishuv imzolaganini ham aytib o‘tdi.

Mamlakatlar o‘rtasida savdo–iqtisodiy, transport–logistika, tog‘–kon sanoati va geologiya, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda bojxona yo‘nalishlarida qo‘shma komissiya va quyi qo‘mitalar shakllantirildi. Bundan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasidagi mavjud masalalarni doimiy ravishda muhokama qilib borish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha joyida choralar ko‘rishdan iborat. Mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha quyi qo‘mitalar har chorakda kamida bir marta yig‘ilib, aniq yechimlar ishlab chiqadi”, dedi vazir.

Shu bilan birga, Laziz Qudratov bir necha yildan beri qurilishi aytilayotgan transafg‘on temiryo‘li masalasiga ham qisqa to‘xtaldi.

Hozirda transafg‘on temiryo‘l liniyasi qurilishini boshlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur temiryo‘l barcha tadbirkorlarimizga katta imkoniyat eshiklarini ochadi, o‘zaro savdoda qulay muhit yaratishga imkon beradi. Bu loyiha doirasida amaliy ishlar boshlanadi”, dedi vazir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Laziz Qudratov: “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi”