Foto: Reuters
Shimoliy Koreya harbiysi 20 avgust kuni ertalab Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Janubiy Koreya harbiylari demilitarizatsiya qilingan hududning sharqiy qismida harbiy kiyimdagi odamni payqagan. U ikki Koreyani bog‘laydigan yo‘ldan so‘qmoq bo‘ylab janubga qarab ketayotgan bo‘lgan. Shimoliy tomondan esa yo‘l va uning atrofi minalangan.
Janubiy Koreya harbiylari askarga minalar va to‘siqlardan xavfsiz o‘tishga yordam bergan. Hozirda tegishli idoralar shimoliy koreyalik serjantning qochib ketish sabablarini o‘rganmoqda.
“Janubga o‘tish qaroriga Janubiy Koreya tomonidan kuchli ovoz kuchaytirgichlar orqali yangiliklar, K-pop musiqasi va boshqa kontentlar efirga uzatiladigan kundalik tashviqot kampaniyasi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi