“Uddalab bo‘lmas topshiriq” va “Top Gan” jangovar filmlari tufayli mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor va prodyuser Tom Kruz Londondagi eng qimmatbaho va yangi ko‘p qavatli uylarda joylashgan kvartirani 223 million dollarga xarid qildi.
Foto: Daily Mail
Tom Kruzning One Hyde Park’dagi hashamatli kvartirasi butun bir qavatni egallaydi. Turar-joy majmuasining o‘zi yuqori darajadagi xavfsizlik va zamonaviyligi bilan mashhurdir. Bino Londonning eng boy hududlaridan biri (Knightsbridge) da qurilgan bo‘lib, Bukingem saroyi yaqinida joylashgan.
Foto: Buildington
“Londonda yaqinda qurib bitkazilgan ushbu yangi turar-joy majmuasida kim, qancha vaqt va nima uchun yashashi sir tutiladi va uy egalarining ismini ishkor qilish hech kimga ruxsat berilmaydi”, — deyiladi manbada.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur ko‘p qavatli binoda dunyoning eng badavlat insonlari: qurol sotuvi bilan shug‘ullanadigan maxfiy insonlardan tortib dunyodagi eng kuchli neft baronlarigacha yashaydi. Kruizning ushbu binodan kvartira sotib olishiga uning maxfiylikni sevishi sabab bo‘ldi.
Foto: The Guardian
Hyde Park dunyodagi eng qimmat turar joylardan biri bo‘lib, London shahrining qoq markazida joylashgan. Uning 1 m² hududi 100 000 AQSH dollaridan boshlanadi. Xonadonlar bu narx evaziga “all inclusive” darajasida xizmat ko‘rsatishni taklif qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi