09:29 / 21.08.2024
555

Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda aybladi

Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda aybladi
Foto: RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ba’zi postsovet davlatlari Rossiyadan hech narsa taklif qilmasdan foyda olishga intilayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda u «Rossiya» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlaridan «Gazeta.ru» iqtiboslar keltirdi.

«Rossiya va men aslida bir qayiqdamiz. Agar u ag‘darilsa, biz birga cho‘kib ketamiz. Ittifoqchilik munosabatlarimizni yashirishning hojati yo‘q. Biz o‘zimizni ba’zi davlatlar kabi tutmaymiz, ular Rossiyadan faqat olmoqchi, hech narsa bermoqchi emas», dedi Lukashenko.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu holat davom eta olmaydi.

«Qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladigan vaqt uzoq emas. Inqiroz yuz bergan taqdirda, xuddi Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, hamma Putinga yordam so‘rab murojaat qiladi. Biz esa (KXSHT) tezda javob qaytardik, u yerga kuch yubordik va tartibsizliklarni tinchitdik», dedi u.

U favqulodda vaziyatlarda MDH davlatlari yana Rossiya va Belarusdan yordam so‘rab murojaat qilishiga ishonch bildirdi. Prezident postsovet hududida iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish muhimligini ham ta’kidladi.

«Amerikada yoki Yevropa Ittifoqida Qozog‘iston yoki O‘zbekiston tovarlarini kim kutmoqda? Yo‘q, ular Rossiyaga sotishga intiladi. Bizda umumiy bozor bor va uni yo‘qotish maqsadga muvofiq emas», deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Bundan tashqari, u Armanistondagi vaziyatga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat MDH davlatlaridan boshqa «hech kimga kerak emas».

«Iqtisodiyotini rivojlantirib, resurslariga e’tibor qaratishsin. Fransiya yoki Makron? Ertaga u ketadi, shunda hamma Armanistonni unutadi», deb xulosa qildi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda aybladi