Foto: uncredited/AP/picture alliance
21 avgust, chorshanbaga o‘tar kechasi dron va raketalarning hujumlari Rossiyaning kamida beshta hududida qayd etilgan. Poytaxt meri Sergey Sobyanin xabar berishicha, Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari «Moskva tomon uchgan» o‘nta «dushman» uchuvchisiz uchish apparati (UUA)ni urib tushirgan.
Merning so‘zlariga ko‘ra, Moskva viloyati janubidagi Podolsk shahar okrugida avvaliga bitta, keyin esa yana ikkita dron urib tushirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar va qurbonlar yo‘q. Voqea joyida favqulodda xizmatlar mutaxassislari ishlamoqda.
Sobyanin tungi dron hujumini «eng yirik hujumlardan biri» deb atadi.
Dronlar Bryansk va Tula viloyatlari ustida urib tushirildi
Rossiya Mudofaa vazirligining havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Bryansk viloyati hududida o‘n beshta samolyot tipidagi UUA yo‘q qilindi, deb yozdi gubernator Aleksandr Bogomaz.
Mintaqaviy xavfsizlik vazirligi saytida navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Tula viloyati osmonida ikkita dronni yo‘q qilgani aytiladi.
Rostov viloyati g‘arbida raketa urib tushirildi
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Rostov viloyati g‘arbida Ukraina raketasini urib tushirdi, dedi viloyat rahbari Vasiliy Golubev. «Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parchalar qulashi natijasida qurbonlar va vayronalar yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi u.
Belgorod viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirildi - «bir nechta havo nishonlari urib tushirildi», dedi gubernator Vyacheslav Gladkov. U boshqa tafsilotlarni keltirmadi, faqat qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.
Rostov viloyatidagi neft bazasida yong‘in kuchaygan
Avvalroq, 20 avgust kuni Rostov viloyatining Proletarsk shahridagi dizel yonilg‘isi omborida Ukraina uchuvchisiz uchog‘i hujumidan so‘ng boshlangan yong‘in uch kundan beri o‘chira olinmayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Yong‘in maydoni sezilarli darajada oshdi va 10 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
18 avgust kuni ertalab Proletarskdagi yonilg‘i omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Ertasi kuni Proletarskiy tumanida yuqori ogohlantirish rejimi joriy etildi, Proletarskda esa favqulodda holat e’lon qilindi. Keyinroq gubernator Golubev 41 nafar o‘t o‘chiruvchi jarohatlanganini, ulardan 18 nafari kasalxonaga yotqizilishi kerakligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi