12:00 / 21.08.2024
267

Putin 13 yil ichida ilk bor Chechenistonga bordi (video)

Putin 13 yil ichida ilk bor Chechenistonga bordi (video)
Foto: Kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 13 yil ichida ilk bor Chechenistonga tashrif buyurdi. Uni 20 avgust kuni Grozniy aeroportda respublika rahbari Ramzan Qodirov kutib oldi.

Putin tashrif davomida Ahmat Qodirov qabrini ziyorat qilgan, Gudermessdagi Rossiya maxsus kuchlari universitetida urushga ketayotgan ko‘ngillilar bilan uchrashgan.

Tashrif dasturining birinchi punkti bo‘lgan Ahmat Qodirov qabrini ziyorat qilish chog‘ida Putin teraktda halok bo‘lgan respublika rahbari uning yaqin do‘sti ekanini aytib, uni “juda iste’dodli va halol” deb ta’riflagan.


U chechen xalqi uchun ko‘p ish qilgan. Menimcha, u chechen xalqini ancha darajada qutqarib qolgan”, degan Rossiya prezidenti.

Shundan so‘ng Putin maxsus kuchlar universitetida frontga tayyorlanayotgan ko‘ngillilar bilan suhbatlashgan.

Siz o‘zingiz uchun murakkab qaror qabul qilyapsiz. Bu yerda tirda otish boshqa, hayotingiz va sog‘lig‘ingni xavf ostiga qo‘yish boshqa. Ammo sizda Vatanni himoya qilish uchun ichki ehtiyoj va bunday qaror qabul qilishda jasorat bor. Agar shunday qarorga kelgan bo‘lsangiz, unda allaqachon g‘olib bo‘lgansiz”, degan u ko‘ngillilarga.

Qodirov esa Putinga Chechenistonda bir necha o‘n ming tayyorgarlikdan o‘tgan jangchilardan iborat zaxira tuzilgani va ular buyruq berilishi bilanoq urushga jo‘nashga tayyor ekanini aytgan.

Putin maxsus kuchlar universitetidan so‘ng Grozniydagi Iso payg‘ambar nomidagi yangi masjidga borgan. U yerda Ramzan Qodirov va muftiy Saloh Mejiyev unga Chechenistonning faxriy fuqarosi belgisi va guvohnomasini topshirgan.

Qodirov, shuningdek, Rossiya prezidentiga Putin nomidagi Grozniyning yangi tumani maketini ko‘rsatgan. Unda ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlari bo‘ladi. 2008 yildan beri respublikada Grozniyning markaziy qismidan o‘tgan Putin prospekti mavjud.

Tashrif yakunida Checheniston rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Ukrainada urush boshlanganidan beri Checheniston 47 mingdan ortiq jangchini, shu jumladan, 19 mingga yaqin ko‘ngillilarni jangovar harakatlar zonasiga yubordi.

Putin oxirgi marta 2011 yilda bosh vazir sifatida Chechenistonga tashrif buyurgandi. Davlat rahbari sifatida esa ikkinchi prezidentlik muddatida — 2005 yilda kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin 13 yil ichida ilk bor Chechenistonga bordi (video)