Foto: Videodan kadr
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tabiat qo‘ynida dam oluvchilar qoldirgan chiqindilarni yig‘ib, fuqarolarni ham unga ergashishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Siyosatchi Qirg‘iziston tabiati go‘zalligi va tozaligi bilan ajralib turishini, lekin uni odamlarning o‘zi bulg‘ashini ta’kidladi. U dam olayotganlarni o‘zidan keyin chiqindilarni yig‘ishtirishga chaqirdi.
“Biz hammamiz tabiat qo‘ynida dam olamiz. Ammo o‘zimizdan keyin shunday chiqindilar qoldiramiz. Shuning uchun bu yerda dam olayotgan barcha qirg‘izistonliklar va sayyohlarga murojaat qilmoqchiman. Agar o‘zingizdan keyin chiqindini paketga solib, shaharga olib ketsangiz, hech qanday muammo bo‘lmaydi. Ba’zi tarbiyasiz odamlar chiqindini tashlab ketadi, siz esa odobli insonlar sifatida, iltimos, chiqindini yig‘ishtirib, mashinangizga soling va shaharga yetib borgach, axlat qutisiga tashlang”, dedi u.
Shu tariqa Sadir Japarov daryo qirg‘og‘i bo‘ylab sayr qilib, dam oluvchilar tashlab ketgan chiqindilarni yig‘di. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina asirga olingan shimoliy koreyaliklarni soʻroq qildi (video)
Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi Shveytsariyada oʻtishi mumkin
Mel Gibson yonib ketgan uyining suratini koʻrsatdi
AQShga uchayotgan Habib Nurmagomedov samolyotdan tushirib yuborildi (video)
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi