Foto: edam
AQSH davlat departamenti rahbari Entoni Blinken Isroil HAMAS bilan kelishuv doirasida G‘azodan qo‘shinlarini olib chiqishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar G‘azoning Isroil tomonidan uzoq muddatli bosib olinishini qabul qilmaydi. Aniqrog‘i, kelishuvda G‘azodan Isroil qo‘shinlarini olib chiqish vaqti va joylari juda aniq belgilangan va Isroil bunga rozi bo‘lgan. Men bilganim shu", deydi Blinken.
U Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv “yaqin kunlarda tuzilishi kerakligini” ta’kidlagan va Qo‘shma Shtatlar “buni amalga oshirishda qo‘lidan kelganicha harakat qilishiga” va’da bergan.
Axios nashriga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu avvalroq mamlakat armiyasi G‘azoning janubiy va markaziy qismidagi ikkita hududdan strategik ustunlikni saqlab qolish uchun chekinmasligini aytgan edi.
"Isroil bosimga qaramay Filadelfiya va Netzarim koridorini tark etmaydi. Bular strategik harbiy va siyosiy aktivlardir. Bu haqda Blinkenga aytdim.Men uni ko‘ndira oldim deb o‘ylayman", degan edi Netanyaxu.
Blinken 19 avgust kuni Netanyaxu bilan uchrashgandan so‘ng, Isroil G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga to‘sqinlik qiluvchi kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Vashington taqdim etgan kelishuvni qabul qilganini aytgan va HAMASni ham shunday qilishga chaqirgan. Falastin fraksiyasi taklifni rad etmagan, biroq yangi taklif avval kelishilgan shartlarni bekor qilganini aytgan.
Blinkenning bayonotini sharhlar ekan, HAMASning yuqori martabali rasmiysi Sami Abu Zuhriy AQSH davlat departamenti rahbari “yolg‘on doirasida qolishni talab qilayotgani va bu kelishuvga erishish uchun urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganining sabablaridan biri” ekanini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Aleksandr Sirskiy: Rossiya uchinchi kundirki Kursk yaqinida oldinga faol siljimoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi