Eron razvedka xizmatlari mamlakat sobiq prezidenti Ibrohim Raisiyning o‘limi bo‘yicha 30 ming nafar kishini so‘roq qildi. Bu haqda Eron Fars nashri davlat xavfsizlik idoralaridagi manbasiga tayanib, xabar berdi.
So‘rov natijalari Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatida inson omili yo‘qligini ko‘rsatgan.
Ushbu voqeadan so‘ng davlat xavfsizlik va razvedka idoralari 30 mingga yaqin odamni so‘roqqa tutdi, bu tekshiruvlar natijalari vertolyot halokatida inson omili yo‘qligini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.
19 may kuni Eron prezidenti Raisiy, TIV rahbari Amir Abdullaxon va boshqa rasmiy shaxslar bo‘lgan vertolyot mamlakat shimoli-g‘arbidagi Verzegan viloyatida halokatga uchragan edi.
Prezident vertolyoti 19 may kuni Eron—Ozarbayjon chegarasi yaqinidagi Verzegan shahri tog‘li hududiga “qattiq qo‘ngan”di. Qutqaruvchilar 20 may kuni vertolyot halokatga uchragan joyni aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, vertolyot “qattiq qo‘nish” chog‘ida butunlay yonib ketgan. Bortda uchuvchilardan tashqari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Amir Abdullahyon, Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Oyatulloh al-Hoshim va Tabriz imomi Muhammad Ali al-Hoshim bo‘lgan.
Aviahalokat oldidan Ibrohim Raisiy Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotgan edi. Davlat rahbarlari Aras daryosidagi to‘g‘on ochilishi marosimida ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda