Foto: Reuters
AQSHda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp suiqasddan keyin ilk bor Shimoliy Karolinaning Eshboro shahrida ochiq havodagi saylovoldi mitingida nutq so‘zladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Tramp miting vaqti olomondan o‘qqa chidamli oyna bilan to‘sib qo‘yildi. Voqea sodir bo‘lgan joydan olingan kadrlarga qaraganda, bunday oynalar to‘g‘ridan to‘g‘ri uning oldida va orqasida o‘rnatilgan.
“Yetmish olti kundan so‘ng biz bu shtatda g‘alaba qozonamiz va Oq uyni egallaymiz”, deya Tramp o‘z tarafdorlariga ma’lum qilgan.
AQSH maxfiy xizmati avvalroq sobiq prezidentga nazorat qilish oson bo‘lgan yopiq maydonlardan foydalanishni tavsiya qilgandi. Trampning hayotiga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyada saylovchilar oldidagi nutqi vaqtida sodir bo‘lgan. Keyinroq Maxfiy xizmat 20 yoshli Tomas Metyu Kruks ekanligi aniqlangan gumonlanuvchini o‘ldirganini ma’lum qilgan. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, kamida ikki kishi yaralangan. Suiqasd ortidan AQSH Maxfiy xizmati rahbari Kimberli Chitl iste’foga chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Grenlandiya etakchisi Tramp bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Los-Anjelesdagi yongʻin kelib chiqishining texnogen sababi oʻrganiladi
Trampning "xarxasha"lari borasida AQShdagi oʻzbekistonlik vatandoshlar qanday fikrda?
Moldova prezidentiga 2024 yilda berilgan eng qimmat sovgʻa ma'lum qilindi
Trampning oʻgʻli Grenlandiyada AQShni qoʻllab-quvvatlashlari uchun uysizlarga pul berdi
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi