13:19 / 22.08.2024
293

Ukraina Murmansk viloyatiga dronlar bilan hujum qildi

Ukraina Murmansk viloyatiga dronlar bilan hujum qildi
Foto: Inna Varenytsia/REUTERS
Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Murmansk viloyati hududiga hujum qildi. Bu haqda 21 avgust, chorshanba kuni mintaqa rahbari Andrey Chibis o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada «xavfsizlikni yaxshilash uchun barcha zarur choralar» ko‘rilgan.

Telegram-kanallar: Harbiy aerodromga hujum qilindi

VCHK-OGPU Telegram-kanali Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan aviatsiya joylashgan Visokiy posyolkasi yaqinidagi «Olenya» harbiy aerodromi yaqinida Ukraina uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilganini ma’lum qildi.

Navalniyning mahalliy shtabi sobiq koordinatori Violetta Grudina, o‘z navbatida, dron yo‘q qilinishi tasvirlangan videoni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, video 19 avgust kuni yozib olingan va Murmansk viloyati to‘rt kundan beri hujum ostida.

Rosaviatsiya, shuningdek, Murmansk va Apatiti aeroportlari faoliyatini vaqtincha chekladi.

Ukraina «Olenya» aerodromiga hujum uyushtirilganini e’lon qilgan

2024 yil iyul oyi oxirida Ukraina ommaviy axborot vositalari maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib, Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») uchuvchisiz uchoqlari tomonidan Murmanskdagi «Olenya» harbiy aerodromiga hujum qilingani haqida xabar berdi. Unda uzoq masofali strategik bombardimonchi-raketa tashuvchisi Tu-22M3 shikastlangan.

Keyinroq Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov hujum natijasida ikki rus harbiy samolyoti zarar ko‘rganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Murmansk viloyatiga dronlar bilan hujum qildi