
Foto: Videodan kadr
Ukraina harbiylari Krasnodar o‘lkasidagi “Kavkaz” portida yonilg‘i sisternalari ortilgan temir yo‘l paromiga hujum qildi. Natijada paromda yong‘in chiqib, cho‘kib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ukraina harbiy dengiz kuchlari spikeri Dmitriy Pletenchuk paromga hujum qilinganini tasdiqlab, u qonuniy nishonga aylanganini aytdi.
Bu parom okkupatsiya kuchlarini, birinchi navbatda, yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash uchun Rossiya harbiy logistikasining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, bundan tashqari, u, albatta, qurol-yarog‘ tashigan, dedi Petelenchuk.
U paromga qanday qurol bilan zarba berilganini oshkor qilmadi. Yonilg‘i sisternalari ortilgan temir yo‘l paromiga 22 avgust kuni hujum qilingan. Yong‘in boshlanganidan keyin u suv tubiga cho‘kib ketgan. Krasnodar o‘lkasining Temryuk tumani rahbari Fyodor Babenkov paromda 30 ta yonilg‘i sisternalari bo‘lganini aytgan.
“Kavkaz” porti Qora dengiz-Azov havzasidagi yuk aylanmasi bo‘yicha Novorossiysk portidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. U Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimni materikdan ajratib turuvchi Kerch bo‘g‘ozida joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar