Foto: “Tribune.com”
BAA Afg‘oniston elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi, deya Amirlik TIV vakili ma’lum qildi.
Vazirlik xabarida aytilishicha, Afg‘oniston elchisi Mavlaviy Badriddin Haqqoniy Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayf Abdulla al Shamsiyga ishonch yorliqlarini topshirgan.
Badriddin Haqqoniy Afg‘oniston va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni tarixiy deb ta’riflab, mamlakatning doimiy hamkorligi va yordami uchun minnatdorlik va mamnuniyat izhor etgan.
BAA tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayf Abdulloh al Shamsi ham BAA va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim ekani va ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada yaxshilanib, mustahkamlanishiga umid bildirgan.
Shu bilan birga, BAA “Tolibon” hukumatini tan olganini rasman e’lon qilmagan.
Avgust oyi boshida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid al Nahayon Abu-Dabida Afg‘oniston muvaqqat hukumati rahbari Muhammad Hasan Oxund bilan uchrashgan edi, u o‘sha vaqtda Abu-Dabidagi klinikalardan birida davolanayotgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Advokat: Janubiy Koreya prezidenti oʻz xavfsizligi uchun xavotirda
Trampning maslahatchisi Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik boshlanganini aytdi
Eron yangi kamikadze-dron yaratdi
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
Oʻzbekiston delegatsiyasi Haj va umra vazirligi vakillari bilan uchrashdi
Asirlikdagi KXDR harbiylari katta yoʻqotishga uchrashganini aytishdi
Gʻarbda Rossiya boʻyicha NATOga shoshilinch murojaat qilishdi
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi