21:20 / 25.08.2024
11

Rossiyalik amaldorlarga Telegram'dagi yozishmalarini o‘chirish buyurildi

Rossiyalik amaldorlarga Telegram'dagi yozishmalarini o‘chirish buyurildi
Foto: Reuters
Rossiya hukumati va prezident administratsiyasi mutasaddilariga, shuningdek, ayrim huquq-tartibot idoralari xodimlariga Telegram'dagi ish yozishmalarini o‘chirish buyurildi. Bu haqda manbalarga tayanib, Baza xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligining eng yuqori amaldorlari va ayrim yirik rossiyalik tadbirkorlar ham xuddi shunday buyruq olgan. Baza tomonidan so‘rov o‘tkazilgan ayrim amaldorlar hozircha yozishmalarni o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatma olmagani, lekin ularni ish haftasi boshida kutishayotganini aytgan.

Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyada hibsga olingani haqida xabarlar paydo bo‘lgandan so‘ng, Rossiyaning ba’zi harbiy mavzudagi kanallari messenjer urush paytida rossiyalik harbiylar tomonidan faol foydalanilayotganini ta’kidladi.

Atrofingizda Rossiya Qurolli kuchlari jangovar boshqaruvining katta qismi o‘tirgan paytda Fransiyaga uchib ketishning ma’nosi yo‘q. Hamkorlik qilishingizni so‘rab qolishlari mumkin”, degan harbiy ekspert Ilya Kramnik.

Telegram asoschisining hibsga olinishi

24 avgust kuni kechqurun Pavel Durov Ozarbayjondan xususiy samolyotda Parijning Le Burje aeroportiga qo‘nganida hibsga olindi. Fransiya ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, bunga Telegram faoliyati sabab bo‘ldi.

Durov Telegram'da moderatsiyaning yo‘qligi, ushbu tarmoqda sodir bo‘layotgan noqonuniy harakatlar, jumladan, giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa ayblovlar uchun qidiruvga berilgan. U fransuz huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilmagani sababli unga hibsga olish orderi chiqarilgan. Fransiya fuqarosi sifatida Durovga 20 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda. U ekstraditsiya qilinishi mumkin emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik amaldorlarga Telegram'dagi yozishmalarini o‘chirish buyurildi