
Qirg‘iziston futbolida ko‘ngilsiz holat ro‘y berdi. Mamlakat chempionati oliy ligasida ishtirok etayotgan “Muras Yunayted” jamoasi o‘yinchisi Mirbek Axmataliyev futboldan besh yilga chetlatildi.
Voqea 15 avgust kuni ro‘y bergan. “Muras Yunayted” mashg‘ulotlarinig birida mushtlashuv yuz bergan. Janjalni 30 yoshli yarim himoyachi Mirbek Axmataliyev keltirib chiqargan.
Qirg‘izistonlik futbolchi Ukrainadan kelgan jamoadoshi Yevgeniy Terzini urib, jag‘ini sindirdi.
Qirg‘iziston futbol uyushmasining jazo chorasi juda og‘ir bo‘ldi. Yuqorida aytilganidek, Mirbek Axmataliyev besh yilgan futboldan chetlatildi, “Muras Yunayted” o‘yinchi bilan shartnomani bekor qilib yubordi.
Bundan tashqari, “Muras Yunayted” rahbariyati bu voqeadan keyin sport direktori va murabbiylar shtabini ishdan bo‘shatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar