20:09 / 27.08.2024
27

Rossiya Davlat dumasi: Durovning hibsga olinishi ortida Vashington turibdi

Rossiya Davlat dumasi: Durovning hibsga olinishi ortida Vashington turibdi
Foto: Du Rove's Channel / Telegram
Telegram asoschisi Pavel Durovning hibsga olinishi ortida Vashington turibdi, deya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.

Uning fikricha, AQSH prezidenti Jo Bayden uchun prezidentlik saylovlari oldidan Telegram nazoratini o‘z qo‘liga olish muhim.

Aslida Durovning hibsga olinishi ortida Vashington turibdi. Telegram Amerika Qo‘shma Shtatlari hech qanday ta’sir o‘tkazmaydigan kam sonli va ayni paytda eng yirik internet platformalaridan biridir. Shu bilan birga, ular uchun qiziqarli bo‘lgan ko‘plab mamlakatlarda ishlaydi. AQSH prezidentlik saylovlari arafasida Bayden uchun Telegram'ni nazorat qilish muhim”, deb yozadi Volodin o‘z telegram kanalida.

Uning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar uchun ijtimoiy tarmoqlarda kuzatuv, total senzura va bo‘ysunish, jumladan, turli tahdidlarga qarshi kurash niqobi ostida shantaj qilish siyosiy nazorat hamda tashqi ta’sirning an’anaviy usullari hisoblanadi.

Ko‘pgina global tarmoqlar Amerikada yaratilgan. Oq uy ularni nazorat qiladi. Ammo ular hali ham Telegram'ni oldindan moderatsiya o‘tkazishga va AQSH Davlat departamenti hamda Markaziy razvedka boshqarmasiga ma’lumotlarni yetkazib berishga majbur qila olmagan. Shu sababli, ular Fransiya orqali Durovni o‘ndan ortiq jinoyatda ayblamoqchi”, deb ta’kidlagan Volodin.

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov 24 avgust kuni Parijdagi Le Burje aeroportida qo‘lga olingan edi. Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, Fransiya fuqaroligiga ham ega Durov mamlakatda qidiruvga berilganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Durov Telegram'da kiber va moliyaviy jinoyatlar masalalarida hamkorlik qilishdan bosh tortganlikda ayblanmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organi xodimining so‘zlariga ko‘ra, Durov hozirda milliy kiberjinoyatchilik va firibgarlikka qarshi kurash boshqarmasi tomonidan tergov qilinmoqda. Messenjer asoschisi hamon hibsda saqlanmoqda.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xavfsizlik kuchlari tomonidan Telegram asoschisini hibsga olish qarori siyosiy motivlar bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgandi. U ish bo‘yicha sud hukmini kutishga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Davlat dumasi: Durovning hibsga olinishi ortida Vashington turibdi