Foto: Inna Varenytsia/REUTERS
Kirov viloyatining Kotelnich shahrida uchuvchisiz uchoq neft mahsulotlari solingan konteynerga hujum qildi. Qurbonlar va yong‘in holati yo‘q, deb yozdi viloyat gubernatori Aleksandr Sokolov o‘zining Telegram-kanalida.
Baza nashrining xabar berishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kotelnichdagi «Vyatka» kombinatidagi neft mahsulotlari saqlanadigan omborga uchuvchisiz uchoqlar hujum qilgan, u yerda uchta dron bo‘lgan va ulardan biri urilganidan keyin rezervuarlardan biri yonib ketgan. Bu rasman tasdiqlanmagan.
Ukraina tomoni bu xabarlarga hozircha izoh bermadi. Kotelnich Ukraina bilan chegaradan taxminan 1500 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kirov viloyatida hali hech qanday dron hujumlari qayd etilmagandi, biroq Ukraina uchuvchisiz uchoqlari avvalroq Rossiyaning Murmansk viloyati va Boshqirdistonni o‘z ichiga olgan olisroq hududlariga hujum qilgan.
Shu kuni Voronej viloyatida «portlovchi obyektlar yaqiniga uchuvchisiz uchoq bo‘laklari tushganidan» keyin ikkita aholi punkti evakuatsiya qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Ukraina so‘nggi kunlarda Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumlarini sezilarli darajada kuchaytirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»