06:09 / 30.08.2024
25

Telegram asoschisining advokati Durovga nisbatan tergovni “bema’nilik” deb atadi

Telegram asoschisining advokati Durovga nisbatan tergovni “bema’nilik” deb atadi
Foto: Getty Images
Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyadagi manfaatlarini himoya qiluvchi huquqshunos Devid-Olivier Kaminskiy messenjerda sodir etilgan jinoyatlar uchun Durovni javobgar qilish iddaolarini bema’nilik deb atadi.

Telegram'da sodir etilgan har qanday suiiste’mollik uchun platforma yoki uning rahbari javobgar deyish bema’nilik”, deydi advokat.

Durov 24 avgust kuni kechqurun Ozarbayjondan uchib kelgan Parij Le Burje aeroportida qo‘lga olingan edi. U 29 avgust kuni 5 million yevro garov evaziga hibsdan ozod qilindi.

Unga haftada ikki marta politsiyaga kelib turish majburiyati yuklangan holda Fransiyadan chiqishi taqiqlandi. Parij prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, 39 yoshli Durovga nisbatan bir necha jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ular orasida noqonuniy faoliyat olib borilayotgan platformani boshqarish, hokimiyat organlarining so‘rovlariga ko‘ra ma’lumot berishni rad etish, pul yuvishda ishtirok etish, bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar sodir etish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va firibgarlikda ishtirok etish kabi jinoyatlar mavjud.

Hujjatga ko‘ra, Durovga qarshi dastlabki tergov Fransiya Milliy politsiyasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boshqarmasi (OFMIN) ishtirokida fevral oyidayoq boshlangan. Prokuratura ma’lum qilishicha, tergovni boshlashga Telegram platformasi tomonidan davlat organlarining so‘rovlari bir necha bor e’tiborsiz qoldirilgani sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telegram asoschisining advokati Durovga nisbatan tergovni “bema’nilik” deb atadi