Foto: Donald J. Trump/ X
AQSHning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp Meta korporatsiyasi asoschisi Mark Sukerbergni 2020 yilda unga qarshi fitna uyushtirishni rejalashtirganlikda aybladi va 2024 yilda ham bu takrorlansa, qamoq bilan tahdid qildi. Bu haqda Politico Trampning yangi kitobiga tayanib xabar berdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, sobiq prezidentning “Amerikani qutqarish” nomli yangi kitobi 3 sentyabr kuni ommaga taqdim etiladi. Unda Tramp Sukerbergni 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida unga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblagan.
Qayd etilishicha, kitobda Tramp va Sukerbergning Oq uyga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan uchrashuv aks etgan fotosurat bor. Shuningdek, sobiq prezident Sukerbergni 2020 yilgi saylovlar vaqtida maxsus qutilar o‘rnatganlikda ham ayblagan, Tramp buni unga qarshi fitnaning bir qismi deb atagan.
OAV xabarlariga ko‘ra, bu bilan Tramp Sukerberg va uning rafiqasi Priskilla Channing 2020 yilgi saylovlar davomida saylov infratuzilmasini moliyalashtirish uchun qilgan 420 million dollarlik hissasini nazarda tutgan.
Tramp, shuningdek, u va uning jamoasi 2024 yilgi prezidentlik poygasi vaqtida Sukerbergni diqqat bilan kuzatishini aytib, biznesmen noyabrdagi prezidentlik saylovlarida noqonuniy ish qilsa, unga umrbod qamoq jazosi bilan tahdid qilgan.
AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan vitse-prezident Kamala Harris, Respublikachilar partiyasidan esa Donald Tramp ishtirok etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»