22:00 / 30.08.2024
29

Isroil G‘azo janubida “operatsiya” yakunlanganini ma’lum qildi

Isroil G‘azo janubida “operatsiya” yakunlanganini ma’lum qildi
Foto: AFP
Isroil armiyasi G‘azo sektori janubidagi operatsiya yakunlanganini ma’lum qildi. “Harbiylar olti kilometrga yaqin oltita tunnelni vayron qildi, 250 dan ortiq terrorchini yo‘q qildi va olti nafar garovga olinganlarning jasadini qaytardi”, deyiladi Isroil armiyasi xabarida.

Shuningdek, harbiy operatsiya davomida 98-diviziya kuchlari Xon Yunus va Dayr al-Baloh hududlarida HAMASning o‘nlab infratuzilma obyektlarini yo‘q qilgan.

Avvalroq isroillik harbiylar G‘azoda HAMAS asirligida halok bo‘lgan olti nafar garovga olingan jasadlarni topib, Isroilga qaytargan edi.

G‘azo janubidagi Xon Yunus shaharchasidagi operatsiya avgust oyida Isroil armiyasi hududda “terrorchilar va terror infratuzilmasi” borligi haqidagi razvedka ma’lumotlarini olganidan keyin boshlangan edi.

Isroil mudofaa kuchlari G‘azoda tinch aholi manzillariga hujumlarni o‘z ichiga olgan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlagan. Isroil anklavni to‘liq blokadaga olgan: suv, elektr energiyasi, yoqilg‘i, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish to‘xtatilgan.

Bunga parallel ravishda Isroil-Livan chegarasidagi vaziyat yomonlashdi, Isroil armiyasi va Livan “Hizbulloh” harakati jangchilari har kuni bir-birlarining pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda. Livan TIV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat janubida 100 mingga yaqin odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Isroil tomonining xabar berishicha, Isroil shimolining 80 mingga yaqin aholisi xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil G‘azo janubida “operatsiya” yakunlanganini ma’lum qildi