Foto: AP
Xitoylik olimlar Yerni asteroid zarbalaridan himoya qilishning yangi usulini topdi. Xitoy Kosmik texnologiyalar akademiyasining Pekindagi Kosmik kema tizimlarini ishlab chiqish instituti mutaxassislari buning uchun yadro qurolidan foydalanishni taklif qilmoqda.
Ularning ta’kidlashicha, asteroidlarning Yer bilan potensial to‘qnashuvi yuz berishi mumkin bo‘lgan ayrim vaziyatlarda faqatgina yadro quroli falokatning oldini olishga yordam berishi mumkin. Tadqiqot Xitoyning Scientia Sinica Technologica ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, asteroidning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli osmon jismlari haqida “mavjud ma’lumotlar asosida qilingan hisob-kitoblardan ancha yuqori”. Hozirda 30 mingdan ortiq asteroid ro‘yxatga olingan, ammo olimlarning fikriga ko‘ra, bu faqat aysbergning uchi bo‘lishi mumkin. Ro‘yxatga olinmagan kosmik obyektlarning aksariyati nihoyatda katta, diametri 1 kilometrdan ortiq chiqishi mumkin.
Shu sababli yadro qurolidan foydalanib sayyorani himoya qilish bo‘yicha tadqiqotlarni iloji boricha tezroq boshlash kerak, deb ta’kidladi xitoylik mutaxassislar.
Olimlar turli xildagi asteroidlarga tashqi tomondan ta’sir ko‘rsatib, ularni o‘z trayektoriyasini o‘zgartirishga majburlovchi bir necha usullarni tahlil qildi. Ular qatorida, kuchli lazerlar, raketa yoki plazma dvigatellari yordamida ta’sir o‘tkazish, kinetik zarba berish va shunga o‘xshash choralar ko‘rib chiqildi.
Ammo tahlillardan ma’lum bo‘lishicha, agar asteroid aniqlangan kundan uning Yer bilan potensial to‘qnashuviga qadar atigi bir hafta vaqt qolgan bo‘lsa, u holda insoniyatning yagona umidi yadro qurolidir.
Tadqiqotda bunday himoya uchun zarur bo‘ladigan texnologiyalar ham sanab o‘tilgan: xususan, 7 kundan 1 oygacha bo‘lgan o‘ta qisqa vaqt oralig‘ida Yerdan yadro kallaklarini tezkor uchiradigan; uzoq parvozdan so‘ng 100 metrdan kam xatolik bilan aniq zarba beradigan; jangovar kallaklarni Yer orbitasiga 10 yildan ortiq vaqt davomida xavfsiz qaytarishni kafolatlaydigan texnologiyalar.
Tadqiqot mualliflari koinotda yadro qurolidan foydalanish yoki uni joylashtirishni taqiqlovchi xalqaro qonunlardan xabardor. Bundan tashqari ular radioaktiv qoldiqlar kosmik bo‘shliqni ifloslantirishi mumkinligini ham yaxshi biladi.
Ammo tadqiqot natijalariga tayanayotgan olimlar yadro quroli Yerni himoya qilishda juda samarali ekanini ta’kidlamoqda. Qolaversa, asteroidlardan kelib chiqadigan potensial xavflarning oldini olish uchun eng maqbul yo‘l — yadro qurollariga asoslangan global mudofaa tizimini yaratish bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi ular. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»