Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklab, mamlakat erishayotgan yutuqlar haqida gapirdi va prezidentga ta’rif berdi. U tegishli tabrik matnini o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.
"Mustaqillik kuni — O‘zbekiston uchun iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy sohani rivojlantirishda yangi ufqlarni ochib bergan tarixiy voqea. Mamlakat xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlash borasida salmoqli qadamlar qo‘ydi. O‘zbekiston global jarayonlarda faol ishtirok etib, boshqa davlatlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yayotganini ko‘rib turibmiz.
Biz, Chechenistonda, qardosh davlatning yutuqlarini alohida quvonch bilan kuzatib bormoqdamiz. Bu go‘zal mamlakat bilan bizni doimo samimiy munosabatlar bog‘lab kelgan. Qadimdan xalqlarimiz bir-biriga o‘zaro hurmat ruhida munosabatda bo‘lib kelgan va biz bu bilan haqli ravishda faxrlanamiz", deydi Qodirov.
U O‘zbekistonda Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Hoji Qodirov diniy ta’lim olgani sababli unga yaqin ekanini aytdi.
"Aziz OTAM bu joyni juda sevardi. U Buxoroda o‘tgan talabalik yillarini tez-tez eslardi, o‘zbeklarning go‘zal urf-odatlarini ta’kidlardi va mahalliy aholi haqida iliq fikrlar bildirardi. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali hamkorlik yildan yilga mustahkamlanib borayotganidan juda xursandman. Hech shubhasiz, prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z mamlakati va xalqi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda.
Shavkat Miromonovich nafaqat kuchli rahbar, balki juda to‘g‘ri, dindor va olijanob inson hamdir. U bilan shaxsan tanish bo‘lganimdan mamnunman. Ishonchim komilki, O‘zbekistonni oldinda yangi yorqin yutuq va marralar kutmoqda", dedi Qodirov.
U tabrik so‘ngida O‘zbekistonga tinchlik, barqarorlik va yanada mustahkam taraqqiyot tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»