Foto: Sputnik
Rossiya o‘zining yadroviy doktrinasini so‘nggi konfliktlar va G‘arbning Ukrainadagi urush bilan bog‘liq harakatlari tahlili asosida o‘zgartiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Biz tomonimizdan bir necha bor ta’kidlanganidek, ish ilg‘or bosqichda va tuzatishlar kiritish bo‘yicha aniq yo‘riqnoma mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillardagi konfliktlarning rivojlanish tajribasini o‘rganish va tahlil qilish, shu jumladan, bizning g‘arbiy raqiblarimizning “maxsus harbiy operatsiya” (Rossiya Ukrainadagi urushni shunday nomlaydi) bilan bog‘liq eskalatsiya kursi bilan bog‘liq”, dedi Ryabkov.
Uning tushuntirishicha, hozirda tegishli hujjatni qayta ko‘rib chiqish jarayoni ketmoqda, biroq uni yakunlashning aniq muddatlari haqida gapirish hali erta.
“Milliy xavfsizligimizni ta’minlashning eng muhim jihatlari xususida gap ketayotganini inobatga olsak, bu ishni yakunlash vaqti — ancha murakkab masala”, deya ta’kidladi Ryabkov.
Rossiya to‘rtta vaziyatda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Bu Rossiya harbiy doktrinasida ochiq-oydin ko‘rsatilgan. Jumladan, 19-bandda, yadroviy quroldan foydalanish mumkin bo‘lgan to‘rtta vaziyat: yadroviy raketalarni uchirish, yadro qurolidan foydalanish, yadro qurolini nazorat qiluvchi muhim infratuzilma yoki davlatning mavjudligiga tahdid soladigan boshqa harakatlar shular jumlasidandir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»