Kollaj: “Daryo”
AQSHning Nyu Jersi shtatidagi o‘zbekistonliklar mustaqillikning 33 yilligini nishonladi, jurnalist Otabek Eshmamatov ular bilan suhbatlashdi.
Bugun sehrli diyor nomini olgan Amerikada ham ko‘p sonli vatandoshlar istiqomat qilmoqda. Ularning aksariyati grin kard orqali, ba’zilari o‘qish, ilmiy ish qilish yoki ishlash maqsadida ketgan. Ana shunday fuqarolarni AQSHda faoliyat olib borayotgan Uzbek Society of America jamiyatlari o‘z atrofiga birlashtirgan.
Bayramning menga eng yoqadigan taraflaridan biri shundaki, turli shtatlardan bizni yurtdoshlarimiz kelib, osh konkurslari qiladi. Har xil oshlarni yeb ko‘ramiz, osh festivali bo‘ladi. Bundan tashqari har xil o‘yin-kulgu: hunarmandchilik, o‘zbekistonlik musavvirlar ishlari ham namoyish qilinadi. Tariximiz, urf-odatlarimiz esdan chiqmasligi uchun ham shunday bayramlar qilinadi”, deydi Uzbek Society of America jamiyati raisi Umid Ismatullayev.
Foto: “Daryo” / Otabek Eshmamatov
Bu yilgi tadbirni tashkil etishga “Vatandoshlar” jamoat fondi ham yordam bergan. Xususan fond tashabbusi bilan bayramga keladigan mehmonlar uchun o‘zbek milliy hunarmandlik mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Tadbirda O‘zbekistondan tashrif buyurgan san’atkorlar, jumladan, Iroda Iskandarova ham o‘zining qo‘shiqlarini ijro etgan.
Bayram a’lo darajada boshlandi, vatandoshlar bilan ko‘rishib, diydorlashdik. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, deydi Iroda Iskandarova.
Nyu Jersida O‘zbekiston mustaqillik kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalari har yili o‘zgacha o‘tadi. Bu yilgi bayramda ilk bora bolalar o‘rtasida ikkita yosh toifasida O‘zbekistonni, vatanni ulug‘lovchi rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Foto: Foto: “Daryo” / Otabek Eshmamatov
Shuningdek an’anaviy osh musobaqasi ham o‘tkazildi. Bu safargi osh tanlovida O‘zbekistonning aksar hududlarida tayyorlanadigan oshlar musobaqalashdi. Bunga Xorazmcha osh, Buxoroning oshi sofiyi, Samarqand “Sitora” zig‘ir oshi, Farg‘ona vodiysining devzirasi, Toshkent to‘y oshi va choyxona palovini misol keltirish mumkin.
Foto: “Daryo” / Otabek Eshmamatov
Foto: “Daryo” / Otabek Eshmamatov
Foto: “Daryo” / Otabek Eshmamatov
Musobaqada bu safar Toshkent to‘y oshi g‘olib deb topildi. Bu yilgi Mustaqillik bayrami AQSHning turli shtatlarida 9 sentyabrgacha davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»