16:52 / 02.09.2024
4

ABBA guruhi Trampga ularning musiqalaridan saylovoldi tashviqotida foydalanishni taqiqladi

ABBA guruhi Trampga ularning musiqalaridan saylovoldi tashviqotida foydalanishni taqiqladi
Shvetsiyaning ABBA guruhi Donald Tramp va uning muxlislariga saylov kampaniyasida o‘z musiqalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Siyosatchi Minnesotadagi mitingda guruhning bir nechta qo‘shiqlari va kliplaridan foydalangan. Tadbir davomida katta ekranda The Winner Takes It All qo‘shig‘i yangragan. ABBAning ovoz yozish kompaniyasi Universal Music guruh musiqasi va kliplaridan foydalanish uchun ruxsat so‘ralmaganini aytib, bu materiallarni zudlik bilan olib tashlashni talab qildi. ABBA vakillari ham bu qarorni qo‘llab-quvvatladi.

Biz guruh bilan birgalikda Tramp tadbirlarida ABBA musiqasi/kliplari qo‘llangani aks etgan videolarni ko‘rdik. Shu sababli ulardan foydalanmaslikni so‘radik”, deydi guruh vakili.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ABBA guruhi Trampga ularning musiqalaridan saylovoldi tashviqotida foydalanishni taqiqladi