21:42 / 03.09.2024
34

Britaniya Isroilga ayrim turdagi qurollarni sotishni to‘xtatdi

Britaniya Isroilga ayrim turdagi qurollarni sotishni to‘xtatdi
Foto: AFP
Buyuk Britaniya hukumati ayrim qurollar xalqaro huquqiy me’yorlarni buzgan holda ishlatilishi mumkinligidan xavotirlanib, ularni Isroilga eksport qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Qaror qurol eksporti uchun berilgan 350 ta litsenziyadan 30 tasiga amal qiladi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi gap Isroilga qurol yetkazib berishni to‘liq taqiqlash haqida ketmayotganini aytdi. U London yahudiy davlatining o‘zini o‘zi himoya qilish huquqini ta’minlashga sodiqligini bildirdi.

Vazir taqiq Isroil G‘azo sektoridagi urushda foydalanishi mumkin bo‘lgan qurollarga ta’sir qilishini aytdi. Mazkur taqiqni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu qoraladi.

HAMAS 6 nafar isroillik garovdagilarni 'qatl etganidan' bir necha kun o‘tgach, Britaniya hukumati Isroilga qurol eksport qilish uchun 30 ta litsenziyaning amal qilishini to‘xtatdi. Bu sharmandali qaror yahudiy davlatining 1200 kishisini, jumladan, 14 nafar Britaniya fuqarosini vahshiyona o‘ldirgan HAMASni mag‘lub etish bo‘yicha qat’iyatini o‘zgartirmaydi. Isroil Britaniya quroli bo‘ladimi yoki usiz mazkur urushda g‘alaba qozonadi va barchamizning umumiy kelajagimizni ta’minlaydi”, dedi u.

Ma’lumot uchun, G‘azo sektorida 1 sentyabr kuni HAMAS tomonidan garovga olingan olti kishining jasadi topildi. Falastin harakati ularning o‘limiga Isroilning aviahujumlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Yahudiy davlati esa bunda HAMASni ayblanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Isroilga ayrim turdagi qurollarni sotishni to‘xtatdi