Foto: Telegram
Rossiya armiyasi 4 sentyabr kuni Ukrainaning Lvov shahriga raketalar bilan zarba berdi. Oqibatda kamida 17 kishi jarohatlandi.
Lvov meri Andrey Sadova hujum oqibatida bosh vokzal hududidagi turar-joy binolari yongani, ayrim uylarning derazalari singanini aytdi. Kamida 17 kishi, jumladan, 10 va 15 yoshli ikki bola jarohatlangan. Kasalxonaga 15 kishi yotqizilgan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasi Lvovga “Kinjal” gipertovushli raketalari bilan zarba bergan. Guvohlar mahalliy vaqt bilan soat 05:40 atrofida Lvov ustidan bir nechta raketa uchib o‘tganini aytgan. Shundan so‘ng, soat 05:46 da shaharda juda qattiq tovush eshitilgan, uylarning devorlari silkingan. Hujum tufayli Lvovdagi ikkita maktabda o‘qish boshlanmasligi ma’lum qilingan.
4 sentyabrga o‘tar kechasi Kiyev, Sumi, Lvov va Krivoy Rogda ham portlashlar kuzatilgan. Poytaxt chekkasida va Kiyev viloyatida havo hujumidan mudofaa tizimi ishlagan. Bundan tashqari, 4 sentyabr soat 05:00 atrofida Ukrainaning barcha viloyatlarida havo hujumidan trevoga e’lon qilingan. Ukrainadagi “taranglashgan tun” tufayli Polsha jangovar samolyotlarini havoga ko‘targan.
Polsha “o‘z havo hududini xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotgani” aytilgan. Reuters agentligiga ko‘ra, Polsha aviatsiyasi Rossiyaning Ukrainaga zarbalari tufayli sakkiz kun ichida uchinchi marta havoga ko‘tarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»