Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy qo‘shinlar oldiga Kursk AESga bostirib kirish va u yerga portlovchi modda o‘rnatish vazifasini qo‘ygandi, dedi Ukrainaning 82-havo hujumi brigadasi askari, harbiy asir Mixail Shkoda RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sirskiy 5 avgust kuni, Kursk viloyatiga hujumdan bir kun oldin, 82-brigadaning 9-razvedka rotasi huzuriga kelib nutq so‘zlagan.
"Qo‘mondon barchamizni maqtab, ko‘p yaxshi so‘zlar aytdi. Ertaga sizlar hujumga o‘tasizlar. Bizning razvedka ma’lumotlarimizga ko‘ra, bu yo‘nalishda ko‘p sonli rus qo‘shinlari yo‘q, demak, hammasi yaxshi bo‘ladi. Sizlar tezda Kursk atom elektr stansiyasini egallab olishinglar kerak. Bu kun tarixda qoladi, dedi Sirskiy", - deb hikoya qiladi ukrainlik askar.
Shu bilan birga, asir so‘zlariga ko‘ra, Sirskiy ushbu qo‘poruvchilikni tayyorlashda Ukraina bilan birga NATO mutaxassislari ishtirok etganini ham tan olgan.
Bosh qo‘mondon ketgach, askarlar bu stansiya nima uchun kerakligi haqida savollar bera boshladilar, deya davom etdi mahbus.
"Biz u yerda Rossiyani hayratda qoldirmoqchimiz. Biz AESda portlovchi moddalarni joylashtirib, keyin chekinamiz. Ruslar kelganidan so‘ng uni masofadan turib portlatamiz va aybni ruslarga to‘nkaymiz, deb tushuntirdi qo‘mondonlar", - dedi mahbus.
Ukraina qo‘shinlari 6 avgust kuni Kursk viloyati hududiga bostirib kirdi va bir necha aholi punktlarini egallab olishdi. Ayni damda ularni hujumi to‘xtatilgan, dushman katta talofatlar ko‘rmoqda. 3 sentyabr holatiga ko‘ra Qurolli kuchlari ushbu yo‘nalishda 9,3 mingdan ortiq askarini yo‘qotgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»