Foto: detaly.co
“Islomiy davlat” terrorchilik tashkiloti G‘azo sektoridagi urush fonida o‘z tarafdorlarini Yevropadagi yahudiylarga qarshi hujumlar uyushtirishga chaqirdi.
Tashkilotning haftalik “Yevropadagi jihod” jurnalidagi bosh maqolada aytilishicha, tashkilot o‘zining musulmon tarafdorlaridan Germaniya va “boshqa salibchilar”da sodir bo‘lgani kabi ko‘proq hujumlarni kutmoqda. Maqolada yahudiylarni “qatl va o‘t qo‘yish” orqali jazolash hamda ularga zarar yetkazishga chaqirilgan.
ISHID, shuningdek, Isroilda ham bosh ko‘tarmoqda: Qudduslik 16 yoshli o‘smir Bayt Xaninadagi maktabda o‘z do‘stlarini ISHID safiga jalb qilishga uringanlikda ayblangan.
O‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, u maktabda tashkilotning terroristik kontentini tarqatgan. Tashkilotni, uning faollari va mafkurasini maqtagan, o‘zini tashkilot a’zosi va ashaddiy tarafdor deb ko‘rsatgan. Shuningdek, terrorchilik hujumlarini amalga oshirish va Iroqqa sayohat qilish istagi haqida gapirgan.
“Maktab o‘qituvchilari bu haqda bilishgan, lekin rasmiylarga xabar berishmagan”, dedi politsiya tergov guruhi rahbari.
Taxminan ikki hafta oldin Isroil umumiy xavfsizlik xizmati va politsiya “Islomiy davlat” hamda “Tolibon” harakati materiallari ta’sirida Isroilda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan Negev aholisining tashkilotini fosh qilganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»